Yangiliklar

“Worldskills Uzbekistan-2023” g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, 10 - 15-iyul kunlari Buxoro shahridagi “Humo” sport majumuasida quruq qurilish va suvoqchilik bo‘yicha “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” ishchi kasblar IV milliy chempionati o‘tkazildi.

Mazkur chempionatda respublika bo‘yicha jami 13 ta professional ta’lim muassasasidan ishtirokchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdilar. Ular tomonidan bajarilgan amaliy ishlar 15 nafar ekspert tomonidan baholandi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra  “WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2023” g‘oliblari aniqlandi:

1-o‘rin “Knauf gips Buxoro” MChJ o‘quv markazi o‘quvchisi Adizov Akobir Azamatovich;

2-o‘rin Olmaliq arxitektura qurilish texnikumi o‘quvchisi Abdullayev Mo‘mimbek Xayrulla o‘g‘li;

3-o‘rin Buxoro arxitektura qurilish texnikumi o‘quvchisi Fayzullayev Azizbek Ubaydullo o‘g‘liga nasib etdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda quyidagicha pul mokofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 6 million so‘m;

2-o‘rin: 4 million so‘m;

3-o‘rin: 3 million so‘m.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mutlaq g‘olibi joriy yilning oktyabr, noyabr oylarida  Abu-Dabi shahrida o‘tkaziladigan xalqaro “WORLDSKILLS Abu-Dhabi-2023” musobaqasiga ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu ichki milliy chempionat 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu yilgi tadbir ilk marotoba Buxoro shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari, “Worldskills Uzbekistan” asossiatsiyasi va “KNAUF” Axborot-konsultatsiya markazi tomonidan tashkil etildi.

Manba: edu.uz

418