Yangiliklar

Koreya Eksim banki bilan hamkorlikada professional ta’lim tizimi raqamlashtiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Koreya Respublikasining Eksport-import banki bilan hamkorlikda kasb-hunar maktablarida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikda investitsion loyihani amalga oshirish masalalari bo‘yicha Vazirlik va “Tech University of Korea” konsorsiumi o‘rtasida muzokara olib borildi.

Hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha doirasida respublikadagi kasb-hunar maktablarini zamonaviy kompyuter to‘plamlari, elektron doskalar va 3D printerlar bilan jihozlash hamda fan dasturlarini yangilash bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Loyihada Vazirlik huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida Raqamli laboratoriya va respublikaning 13 ta hududida kontentlar yaratish va elektron darsliklar yaratish bo‘yicha studiyalar hamda 14 ta hududda VR shourumlari tashkil etiladi.

Shuningdek, zamonaviy o‘qitish tizimlariga asoslangan o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqiladi va AR/VR kontentlar yaratiladi hamda 300 dan ortiq mutaxassislar uchun Koreya Respublikasida va O‘zbekistonda malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Manba: edu.uz

239