Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik
Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida 19-21-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan DARYA loyihasining 2-moduli doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ta’limning turli shakllarini tan olish, tasdiqlash sohasidagi so‘ngi ishlanmalar, ustuvorliklar va joriy etish bo‘yicha seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etmoqda.
DARYA – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan birinchi mintaqaviy loyiha bo‘lib, loyiha Markaziy Osiyodagi yoshlarining inklyuziv ta’limni rivojlantirish va mehnat bozoriga mos malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarga qaratilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi – mintaqada ta’lim berish va bandlikni ta’minlash tizimlarining sifati va inklyuzivligini rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda COVID-19 pandemiyasidan keyin ushbu sohalarni tiklanishga ko‘maklashishdan iborat. Shu bilan birga, loyiha beshta davlatning har birida, shuningdek, mintaqaviy darajada keng va inklyuziv muloqot hamda hamkorlik mexanizmlarini yaratishga yo‘naltirilgan.