Yangiliklar

2023-yil 15-17-iyun kunlari Pedagogik innovatsiyalar institut xodimlari “Kattalar ta’limida rejalashtirish, tashkil etish va baholash” trening dasturida ishtirok etishmoqda

О‘qitish yakunida trening ishtirokchilar Kattalar ta’limi sohasida rejalashtirish, tashkil etish va baholash tamoyillari, ta’lim tadbirlarini rejalashtirish va tashkil etish bosqichlari, oldingi modullar kompetensiyalarining ta’lim jarayonini rejalashtirish jarayoni bilan о‘zaro bog‘liqligi tо‘g‘risida bilimlarga ega bо‘ladi.

О‘qitishning belgilangan maqsad va vazifalariga muvofiq о‘quv dasturlarini ishlab chiqish va mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ta’lim oluvchilarning ehtiyojlarini aniqlash, mustaqil ta’limni rejalashtirish va tashkil etish xususiyatlarini bilish, kattalarni о‘qitish jarayonini rejalashtirishning amaliy kо‘nikmalarini rivojlantirish zaruratini tushunadi.

Mustaqil ravishda о‘qitishning maqsadlari va vazifalarini belgilash, ta’lim jarayonini rejalashtirishning usullari va vositalarini qо‘llash, ta’lim natijalarini baholash mezonlarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish, kattalarni о‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida maqsadli guruhning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv dastur va rejalarni ishlab chiqish kabi amaliy kо‘nikmalariga ega bо‘ladilar.

215