Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish yо‘lida

Pedagogik innovatsiyalar instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti о‘rtasida 2020-yil noyabr oyida professional ta’lim sohasida hamkorlik tо‘g‘risida Kelishuv imzolangan.

2023-yil 13-iyun kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Belorus Respublikasi Professional ta’lim respublika instituti rektori V.N.Golubovskiy boshchiligidagi (PTRI) vakillari bilan bо‘lib о‘tgan uchrashuvda Kelishuv ijrosi bо‘yicha qabul qilingan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi hamda “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sharoitida qurilish sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash mexanizmi sifatida professional ta’limning ijtimoiy sherikligining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish” qо‘shma belorus-о‘zbek loyihasining ijrosi muhokama etildi.

Uchrashuv davomida erishilgan Kelishuv doirasida professional ta’lim tizimini rivojlantirish, О‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya manbalariga xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash, jumladan shu sohada kadrlar tayyorlash bо‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi 2023-2025 yillarga mо‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

229