Yangiliklar

Moddulli ta’lim dasturlari joriy etilmoqda

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 31-maydagi “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha 240-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023/2024-o‘quv yilida dual ta’lim shakli joriy etiladigan va “WorldSkills” standartlari singdiriladigan kasb va mutaxassisliklardan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida 230 nafar malakali mutaxassislardan iborat 3 ta ishchi guruh tuzilgan.

Shunga ko’ra, joriy yilning 5-8 iyun kunlari ushbu ishchi guruhlar ishtirokida Pedagogik innovatsiyalar institutida “Professional ta’lim tizimida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida seminar-treninglar tashkil etildi.

Ushbu seminarda 168 nafar professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari, 17 nafar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, 47 nafar vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislar jalb qilindi.

210