Joriy yilning 26-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida yangi 2023/2024-о‘quv yiliga tayyorgarlik bо‘yicha “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim va texnikumlar uchun о‘quv dasturlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishning asosiy tamoyillari” mavzusida respublika о‘quv-uslubiy seminar bо‘lib о‘tdi.
Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xо‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qо‘mitasi, mazkur yо‘nalish bо‘yicha mutaxassisis kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari, shuningdek, Pedagogik innovatsiyalar instituti bosh mutaxassisi B.Raxmatov ham ishtirok etdi.
Xususan, mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xorij tajribalarni о‘rganish va tatbiq etish, amaldagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish sohalari uchun sifatli kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda texnikum bitiruvchilarini mos yо‘nalishlari bо‘yicha oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi kursiga qabul qilishda integrallashgan ta’lim dasturlarini joriy etish, texnikumlarni zamonaviy о‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, pedagoglar malakasini va ilmiy salohiyatini oshirish kabi bir qator dolzarb masalallar keng muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar universitetning zamonaviy texika va texnologiyalari bilan jihozlangan о‘quv-laboratoriya xonalari bilan tanishishdi.
195