2023-yil 26-may kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi О‘.Farmonova tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tuman 1-son kasb-hunar maktabining rahbar va pedagog xodimlari uchun “Umumkasbiy, maxsus fanlar va о‘quv amaliyotlarining о‘qitish materiallari tо‘plamlarini ishlab chiqish metodikasi” mavzusida uslubiy seminar tashkil etildi.
Seminarda professional ta’lim dasturlari bо‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalari uchun о‘qitish materiallari tо‘plamlarini yaratishni tashkil etish tо‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘iga asosan bugungi kunda professional ta’lim muassasalari о‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan yaratilayotgan о‘qitish materiallari tо‘plami (О‘MT) tо‘g‘risida kerakli ma’lumotlar berib о‘tildi.
О‘quvchilarga yetarli bilim, kо‘nikma va malakalarni berish uchun О‘MTning naqadar muhimligi va uni ommalashtirishda sifat va mazmunga e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlab о‘tildi va bu borada tegishli amaliy yordam kо‘rsatildi.
Seminar sо‘ngida ta’lim dasturlari va О‘MTlarini yaratish bо‘yicha turli taklif va mulohazalar bildirildi.