Bugungi kunda professional ta’limni rivojlantirishda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion о‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifalari belgilab berilgan.
Pedagogik innovatsiyalar institutida joriy yilning 26-may kuni Yevropa ta’lim jamg‘armasining malaka tizimlari bо‘yicha katta mutaxassisi, Yunesko eksperti, hozirgi kunda О‘zbekistonda Milliy professional ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bо‘yicha ish olib borayotgan Jan Mark Kastejon ishtirokida Institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar uchun master klass tashkil etildi.
Jan Mark Kastejon Xindiston, Suriya, Iordaniya, Misr, Tunis, Marokash, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqa bir qator davlatlarning milliy malaka darajalarini, Davlat ta’lim standartlarini holatini о‘rganish hamda yangi loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etganligi asosida tо‘plangan tajribalari hamda Milliy malaka talablari qanday ishlab chiqilishi bо‘yicha ma’ruza qildi. Ushbu islohotni amalga oshirishning aniq muddatlari va asosiy manfaatdor tomonlarning vazifalari nimalardan iborat ekanligi tо‘g‘risidagi dolzarb masalalar bо‘yicha ma’lumotlar berdi.
Tinglovchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ilova