Yangiliklar

Toshkent, Samarqand va Qо‘qon Temir yо‘l texnikumi bitiruvchilari ish о‘rinlari bilan ta’minlanadi

“О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilovning 2023-yil-2 maydagi 370-N-sonli “Tasarrufdagi texnikumlar bitiruvchilarini ishga qabul qilish tо‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Toshkent va Samarqand temir yо‘l texnikumlarining 2022/2023 о‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni Jamiyat tasarrufidagi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqib, tamomlagan kasbi (ixtisosligi) bо‘yicha saralash, tanlash va vakant bо‘sh ish о‘rinlariga taqsimlash uchun о‘quv muassasalarida suhbatlar bо‘lib о‘tmoqda.

Shu о‘rinda ta’kidlab о‘tish lozimki, joriy о‘quv yilida Toshkent temir yо‘l texnikumini О‘rta maxsus professional ta’lim, MSKO 5-darajasi bо‘yicha 390 nafar о‘quvchilar bitirmoqda.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan tadbirlarning dastlabkisi 22-23 may kunlari Toshkent temir yо‘l texnikumida bо‘lib о‘tdi. Unda “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma va bо‘limlari rahbarlari, mintaqaviy temir yо‘l uzellari rahbar о‘rinbosarlari, kadrlar bо‘limi boshliqlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun davomida suhbat natijalariga kо‘ra muvaffaqiyatli о‘tgan bitiruvchilar Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashish huquqiga ega bо‘ldi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlar 25-26 may kunlari Samarqand temir yо‘l texnikumida ham tashkil etilishi kо‘zda tutilgan.

196