Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti va Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (PTRI) bilan 2023-yilning 21-may yakuni “Milliy malaka tizimlari, malakalarni baholash markazlarini tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Milliy malaka tizimlari, Tarmoq kengashlari faoliyati, kengashlar huzuridagi Malakani baholash markazlari faoliyatlari qiyosiy tahlili o‘tkazildi, mavjud muammolar va ular yechimi yuzasidan tomonlar fikrlari eshitildi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik doirasida professional ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ta’lim mazmuni va sifatini oshrish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish kelishib olindi.
252