Joriy yilning 12 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan professional ta’lim tizimi о‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlarini korxonalarda tashkil etish, dual ta’lim shaklini yо‘lga qо‘yish va ta’lim dasturlarini takomillashtirish maqsadida Ohangaron shahar “PREMIER industrial park” korxonasida ekskursiya tashkil qilindi.
Ushbu ekskursiyada Ohangaron shahar-kasb hunar maktabi о‘quvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, Pedagogik innovatsiyalar instituti va “О‘zeltexsanoat” uyushmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Korxona mas’ul xodimlari tomonidan professional ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan ishlab chiqarish ta’lim ustalari va о‘quvchilariga Sovutgich yig‘ish sehining faoliyati va ish jarayoni kо‘rsatib о‘tildi hamda о‘quvchilarni qiziqtirgan savollar va masalalar yuzasdan muhokamalar olib borildi.
Tashrif davomida Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari ish beruvchilarga Professional ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, dual ta’lim shaklini joriy qilish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga dual ta’limni tashkil etish orqali arzon ishchi kuchi hisobiga korxonaning iqtisodiy daromadlari kо‘rsatgichi yuqori darajada о‘sishini alohida ta’kidlab о‘tildi va ish beruchilarning qiziqishlari bilan tanishib chiqildi.
Korxonaning kadrlarga bо‘lgan talablari va zarur kasb va mutaxassisliklarga bо‘lgan ehtiyojlari о‘rganildi. Bundan tashqari, professional ta’lim muassasalari ishlab chiqarish ta’lim ustalarini amaliy kо‘nikmalarini shakllantirish maqsadida korxonada malaka oshirish, professional ta’lim dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilarning ishtiroki, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkillashtirish hamda qabul parametrlarini korxonaning kadrga bо‘lgan ehtiyoji, talab va takliflari asosida shakllantirish masalalari bо‘yicha fikr-mulohazalar olib borildi.
Korxona bugungi kunda malakali ishchi kuchiga ehtiyoji baland. Masalan, hozirgi kunda birgina sovutgich yig‘ish sexida kunduzgi smenada 200 dan ortiq oliy va о‘rta ma’lumotga ega xodimlar faoliyat olib bormoqda. Korxona ma’muriyatining ta’kidlashicha, tungi smenada mehnat muhitini yaratish orqali ishlab chiqarish hajmini oshiirish maqsadida kadrlarga bо‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois, ayni vaqtda korxona uchun robotatexnik, elektronika muhandisi, dasturlovchi, veb-dizayner (CorelDRAW), yig‘uvchi va kimyo-texnolog kasbi mutaxassislari uchun ish о‘rinlari mavjudligi aytib о‘tildi.
Tashrif sо‘ngida, ish beruvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, korxonada dual ta’limni tashkil etish va professional ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ta’lim xodimlari bilan birga hamkorlikda ishlash masalalari kelishib olindi.
“PREMIER industrial park” — bu yuqori texnologiyalar sohasida innovatsiyalarni yaratadigan va ularni maishiy va elektrotexnika ishlab chiqarishda faol tatbiq etadigan jadal va barqaror rivojlanayotgan kompaniya.
Kompaniya nafaqat maishiy texnika ishlab chiqaradi balki, tarmoqlarini kengaytirishga, soha standartlarini qayta yaratishga tayyor malakali kadrlarning ulkan guruhi sifatida birgalikda rivojlanishga intiladi.
Kompaniyaning О‘zbekiston bо‘ylab 2 mingdan ortiq dо‘konlari mavjud va 18 ta dilerlik tarmoqlari mavjud. Sо‘ngi bir yilda 100 mingdan ortiq mahsulot sotilib eksport qilingan. Birgina sovutgich ishlab chiqarish sexida bir oyda 10 mingtagacha sovutgich ishlab chiqariladi. Sо‘ngi yillarda korxona nafaqat tayyor maxsulot va deatllarni yig‘ish balki, import hajmini kamaytirish maqsadida mahsulotlarni bir qismini sexlarda ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ygan. Korxonaning ustuvor vazifaridan biri, kelgusida butunlay importdan voz kechish va mahalliy bozorga arzon mahsulotlarni yetkazib berish.
300