Yangiliklar

Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli

2023-yilning 11-may kuni Pedagogik innovatsiyalar institutiga Shveytsariya Federal Texnologiya Universiteti (ETH Zurich) Ta’lim tizimi kafedrasi mudiri, professional ta’lim bo‘yicha ekspert, professor Ursula Renold va “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi filialining “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi sohasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyiha rahbari Gabriyela Damian-Timoshenkolar tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida “Professional ta’lim tizimini boshqarish asoslari va sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda Professional ta’lim tizimida xususiy sektorni roli” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Pedagogik innovatsiyalar instituti mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari qatnashishdi.

Seminarda professor Ursula Renold professional ta’lim tizimini boshqarish va sifatni ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maslahatlar berdi hamda Yevropada bu borada amalaga oshirilgan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. Seminarda ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tashrif Helvetas Intercoorperation kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali Shveytsariya elchixonasi tomonidan amalga oshirilayoitgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.

198