– Ayni paytda mamlakatimizda 330 ta kasb-hunar maktabi, vazirlik va idoralar tizimidagi 166 ta kollej va 208 ta texnikum faoliyat yuritib keladi. Ularda kasb va mutaxassislik egallash istagidagi 417,5 mingdan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi Sadoqat Siddiqovaning “Professional ta’lim tizimi transformatsiyasi mehnat bozori uchun kerakli, raqobatbardosh, malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan” sarlavhali maqolasi chop etildi.