Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida jalb qilingan Germaniyalik xalqaro ekspert Yoaxim Lents tomonidan o‘tkazilgan Yashil iqtisodiyot, to‘qimachilik sektoridagi barqarorlik, shuningdek, gender va inklyuziya mavzulari bo’yicha ikki kunlik (2023-yil 2-3-may) trening Respublika hududlaridagi loyihaning 16 hamkor professional ta’lim muassasalarining o’qituvchilari uchun tashkil etildi.
➖Treningning birinchi kuni barqarorlik kontseptsiyasi tarixi, suvni barqaror boshqarish, shuningdek, to'qimachilik sohasida standartlar va sertifikatlashtirish bo'yicha texnik ma'lumotlarga bag'ishlandi.
➖Ikkinchi kuni professional ta’limi muassasalarida yashil mavzularni tez orada o‘qitishga integratsiya qilish maqsadida loyiha g‘oyalari va metodologiyalari bo‘yicha guruhlarda ishladilar.
220