2023-yilning 25-27-aprel kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan “О‘zbekistonning qishloq hududlarda ish bilan ta’minlash uchun kо‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida agrar va suv xо‘jaligidagi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va metodik ta’minlash masalalari bо‘yicha seminar-treninglar о‘tkazildi.
Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar, Pedagogik innovatsiyalar institutidan mas’ullar, tanlangan professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchi korxonalardan mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mazkur seminar-treningda quyidagi malakalar bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi:
• chorvachilik;
• o‘simlikshunoslik;
• umumiy fermer xo‘jaligi ishchisi;
• bolalar bog‘chasi menejeri;
• irrigatsiya bo‘yicha texnik;
• avtomatlashtirilgan sug‘orish bo‘yicha texnik.