Pedagogik innovatsiyalar institutida ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 14-apreldagi “Professional ta’lim tizimida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 93-sonli buyrug‘i bilan Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun 51 ta ishchi guruh tuzildi.
Ushbu ishchi guruhlar tarkibida 1057 nafar mutaxassislar jalb qilindi. Shundan, 634 nafari professional ta’lim muassasalaridan, 164 nafari oliy ta’lim muassasalaridan, 56 nafari vazirlik va idoralardan, 203 nafari ish beruvchilar korxonalardan jalb qilindi.
Yuqoridagi ishchi guruh a’zolari uchun ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha 2023-yilning 25-apreldan – 4-mayiga qadar davom etadigan sohalar kesimidagi seminar-trening jarayonlari Pedagogik innovatsiyalar institutida boshlandi. Seminar-treningni maqsad va vazifalari to‘g‘risida direktor o‘rinbosari B.Shoyqulov batafsil ma’lumot berdi.