Yangiliklar

Germaniya jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi tomonidan Germaniya jamg‘arma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung) bilan hamkorlikda bugungi yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Toshkent davlat transport universitetida “Mikro biznes o‘yini” bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur “Mikro biznes oʻyini” treningining maqsadi:

  • Tadbirkorona fikrlash va harakat qilish, maqsad sari intilish;

  • Mikrofirmalarning qiyinchiliklari va imkoniyatlari hamda ularga qanday munosabatda bo‘lish;

  • Buxgalteriya hisobi va nazorat qilishning asosiy prinsiplari va simulyatsiya (o‘yin) davomida moliyaviy vositalardan foydalanish yo‘llari;

  • Mijozlarni chuqurroq tushunish va marketing bo‘yicha asosiy bilimlarni rivojlantirish;

  • Bozor dinamikasi va raqobatni anglash hamda mustaqil qarorlarni qabul qilish;

  • Mikro moliya tashkilotlari va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish masalalari va ularning oqibatlarini anglash.

Shuningdek, ushbu seminarlar yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularda sohaga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va ko‘nikma hosil qilishdagi ahamiyatini inobatga olib, boshqa hududlardagi ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

374