Pedagogik innovatsiyalar instituti doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilari uchun seminar-trening tashkil etildi
2023-yil 12-aprel kuni “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limining taklifiga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori A.Zikriyoyev tashrif buyurdi hamda doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Ilmiy faoliyat va yoshlar, xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarda hozirgi shiddatli globallashuv davrning ilmiy faoliyat hamda ta’lim sifatiga ijobiy va salbiy ta’sirlari, Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasida ilmiy faoliyatni yuksaltirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ta’lim sifatini oshirishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarning oʻrni beqiyos ekanligi ta’kidlandi, chunki ularning oldida biror-bir sohaning muammosi yechimini topishdek ulkan marralar borligi aytildi.
Professional ta’limni rivojlantirishda xalqaro dasturlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda takliflar tayyorlash kerakligi ham muhim ekanligi aytib oʻtildi.
Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.