Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini monitoring qilish borasida tajriba almashilmoqda
Bugun Samarqand viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yevropa taʼlim Fondi bilan hamkorlikda “DARYA” loyihasi doirasida “Professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini monitoring qilish” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlari, Italiya, Estoniya va Polsha mamlakatlari ekspertlari ishtirokida seminar boʻlib oʻtmoqda.
Treningdan koʻzlangan maqsad Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida bitiruvchilar bandligini taʼminlash va monitoring qilish boʻyicha amaliy tajribalar bilan oʻrtoqlashish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi bitiruvchilar bandligi va ish beruvchilar bilan ishlashdagi oʻzgarishlar boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdir.
Shuningdek, bitiruvchilarni monitoring qilish strategiyalarini hamkorlikda ishlab chiqish hamda loyiha doirasida tavsiyalar ishlab chiqish, darslarga aniqlik kiritish va jarayonlarni kuzatish.
Oʻquv seminari oʻz ishini ertaga ham davom ettiradi. Tadbir doirasida, shuningdek viloyatdagi professional taʼlim muassasalarida ish beruvchilar bilan ishlash va bitiruvchilarni monitoring qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish rejalashtirilgan.