Yangiliklar

Universitetlarda fransuz tilini oʻrgatish imkoniyatlari kengayadi

12-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fransiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi. Uchrashuvda, shuningdek, elchixonaning taʼlim sohasida hamkorlik bo‘yicha attashesi Serj Bellini ham ishtirok etdi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni muhokama qildilar.

Xususan, ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, O‘zbekiston universitetlarida fransuz tilini o‘rgatish imkoniyatlarini kengaytirish, fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, hamkorlikda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama diplom (Double Degree) olish bo‘yicha Fransiya va O‘zbekiston universitetlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga doir ishlarni jadallashtirish, yozgi treninglarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Manba: edu.uz

186