Pedagogik innovatsiyalar institutida yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning uchrashuvi tashkil etishdi
Pedagogik innovatsiyalar instituti “Innovatsion loyihalar, fan va ta’lim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 30-mart kuni pedagogika sohasidagi yetakchi olimlar, akademik va fan doktorlari, professorlar bilan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻrtasida “Yangi O‘zbekistonda yangicha ta’lim: ilmiy tadqiqotlar ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan yangicha ta’lim siyosati, professional ta’lim tizimida zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravishda ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb muammolari hamda ushbu muammolarni hal etishda pedagogik ilmiy tadqiqotlar olib borishning zaruriyati toʻgʻrisida fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, akademik R.X.Djurayev va yetakchi olimlar tomonidan doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilarga ular tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlarini zamonaviy talablarga mos va sifatli amalga oshirishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. Davra suhbat soʻngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.