Pedagogik innovatsiyalar institutida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 28-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Scopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda Scopus bazasi imkoniyatlari, IMRAD talabi asosida maqolalarni yozish tartibiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.