Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminar bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yilning 29-30 mart kunlari Pedagogik innovatsiyalar institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi tomonidan Professional ta’lim tizimida DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi seminari tashkil qilindi. Ishchi seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniyaning APO-COACH kompaniyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar instituti vakillari qatnashmoqda. Germaniyaning “APO-COACH” kompaniyasi eksperti Mayk Finsh DMS va LMS tizimlari uchun texnik talablarni ishlab chiqishning muhim jihatlari bo‘yicha taqdimot qildi.
Ishchi seminarda texnik talablarni ishlab chiqishning quyidagi jihatlari muhokama qilinadi:
huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik;
dizayn va loyihaviy boshqaruv tamoyillari;
ishchi jarayonga oid talablar;
arxitekturaga oid talablar;
tizim administratorlari va boshqarish bo‘yicha zarur funksiyalar;
ekspluatatsiya xususiyatlariga oid talablar;
asosiy texnik talablar;
xizmat tavsifi;
yetkazib beruvchi (ishlab chiquvchi)ga va uning uning jamoasiga oid talablar, baholash mezonlari;
barqarorlik mezonlari.
Ishchi seminar 1-kunida huquqiy va me’yoriy talablar, xavfsizlik va ishchi jarayonga oid talablar, 2-kunida tizimning asosiy texnik talablarni muhokama qilish belgilangan.