Pedagogik innovatsiyalar institutida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
2023-yil 27-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar institutida Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Sarmanov Obid Baxodirovich ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Amaliy seminarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, professional ta’limda xalqaro tajriba, ta’lim dasturlari hamda metodik ta’minotni amalga oshirishda muhim jihatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Mavjud kasb va mutaxassisliklarning ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqishda e‘tiborga olinishi zarur bo‘lgan ishlar borasida fikr almashildi.