Pedagogik innovatsiyalar institutida “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Innovatsion loyihalar, fan va taʼlim texnologiyalari transferi” bo‘limi tomonidan 2023-yil 27-mart kuni doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun “Zamonaviy taʼlim texnologiyasining konseptual asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda taʼlimni texnologiyalashtirish, pedagogik tizimni modellashtirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish, o‘qitish maqsadlarini belgilash, o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, taʼlim shakli, metodi va vositalarini tanlashga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar-trening so‘ngida doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi.