Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi so‘ngi yillarda xorijiy va MDHning bir qator ta’lim muassasalari hamda loyihalar doirasidagi tashkilotlar bilan professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida sezilarli darajada hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan, Pedagogik innovatsiyalar instituti va Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) hamda Belarus Respublikasi Professional ta’lim respublika instituti (RIPO) bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar (Memorandumlar) asosida jumladan, 2022 yilda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlanish instituti (IRPO) bilan imzolangan hamkorlik yo‘l xaritasiga muvofiq bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tegishli modulli dasturlarni shakllantirishga doir zamonaviy uslubiy yondashuvlar bo‘yicha axborot-uslubiy seminarlar, professional ta’limini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan onlayn konferensiya, o‘quv seminarlar va boshqa bir qator axborot-uslubiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tarbiya jarayoni professional ta’lim tizimining ajralmas qismi ekanligini inobatga olingan xolda professional ta’lim tizimidagi joriy ta’lim-tarbiya ishlari va talabalar ijodiy jamoalarining ilg‘or tajribalarini almashish masalalariga bag‘ishlangan qo‘shma davra suhbatlari tashkil etildi.
Hamkorlikni davom ettirish maqsadida bugun 13-mart sanasida Pedagogik innovatsiyalar instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar (Memorandum)ni amalga oshirish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan Chora-tadbirlar rejasini imzolash tadbiri o‘tkazildi. Tadibirda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) tomonidan institut rektori Zolotareva Nataliya Mixaylovna, Xalqaro va hududlararo aloqalar bo‘limi boshlig‘i Markelova Yuliya Vladimirovna va bosh mutaxassis Oleynikova Olga Nikolayevnalar hamda Pedagogik innovatsiyalar instituti tomonidan institut direktori Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich, direktor o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari qatnashdi.
Ushbu tadbirdan oldin ikkala institut vakillari tomonidan birgalikda bajarilishi kutayotgan muhim masalalar muhokama etildi, ularni ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi harakatlar rejasi tahlil qilindi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari tomonidanPedagogik innovatsiyalar institutida “O‘quv materiallari va modullarini loyihalash texnologiyasi” mavzusida Institut professor-o‘qituvchilari, mutaxasislar va tinglovchilar uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur hamkorlik kelishuvning maqsadi professional ta’lim tizimida ish beruvchilarning talablariga mos o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro tajribalarni o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Ushbu hamkorlik kelishuvi birlamchi ravishda professional ta’lim tizimiga yangicha yondashuv asosida qarashlarni shakllantirish va xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda kerakli jihatlarini mavjud tizimga tadbiq qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish va takliflar kiritishdan iborat.
Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) bilan hamkorlik olib borishda quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi o‘qituvchilari uchun hamkorlikda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, o‘quv dasturlarining qo‘shma paketlarini yaratish sohasida ish olib borish;
O‘zaro hamkorlik rejasiga asosan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining professional ta’limi tizimi o‘qituvchilarining malakasini oshirish dasturlari doirasida yangi uslub va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda kamida 5 ta modullar to‘plami yaratish va ularning dasturlarni ishlab chiqish;
Professional ta’limi tizimidagi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida tajriba almashishni tashkil etishda institutlar professor-o‘qituvchilari, o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar va treninglar tashkil etish va o‘tkazish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi yosh olimlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, xamkorlik loyihalarida ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida aloqalarni o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish;
Professional ta’limni rivojlanish instituti va Pedagogik innovatsiyalar instituti tomonidan xamkorlikda o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ilmiy-amaliy, axborot-uslubiy seminarlari tashkil etish, ilmiy maqolalarni chop etish.
Bugungi hamkorlikni davom ettirish va amalga oshirish bo‘yicha imzolangan Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi shubhasiz ikki mamlakatning professional ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘zining ijobiy samarasini beradi.