Yangiliklar

YUNESKO tomonidan Pedagogik innovatsiyalar institutida davra suhbati tashkil etildi

YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2023-yil 10-mart kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “O‘zbekistonda professional ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda sifatni ta’minlash siyosati istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda professional ta’lim sifatini ta’minlash siyosati hamda bu borada tashkilotlarning roli va vazifalarini belgilash uchun ishtirokchilar bilan muloqotlar o‘tkazildi.

Davra suhbatida YUNESKO ekspertlari Jan-mark Kasteyon, Belinda Smit, Baxtiyor Namozov va Mariko Fujisava, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma boshlig‘i O‘tkir Alijonov va bosh mutaxassisi Navbahor Sharipova, Pedagogik innovatsiyalar instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev, UNDP mutaxassisi Baxtiyor Ravjabov hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi mutaxassislari ishtirok etishdi.

277