Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik loyihasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi) Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti 2021 yil noyabr oyidan boshlab bilan “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida hamkorlikni boshladi.
Xususan, 2021 yil noyabr-dekabr hamda 2022 yil aprel oylarida “Mas’uliyatli moliya” loyihasi doirasida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida tadbirkorlikni tashkil etish va uni boshqarishning reallikka yaqin bo‘lgan “Micro Business o‘yini” simulatsiyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazilib Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi 29 nafar tadbirkorlik fani o‘qituvchilari o‘qitildi hamda ularga trenerlik sertifikatlari berildi.
Trenerlik sertifikatiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tomonidan 2021/2022 o‘quv yil davomida Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi professional ta’lim muassasalarida “Micro Business o‘yini” bo‘yicha seminarlar 500 nafardan ortiq o‘quvchilarni tadbirkorlikka o‘rgatish va moliyaviy savodxonlikka o‘qitilib, ularga sertifikatlar berildi.
2023 yil 20 fevral – 2 mart kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 14 nafar hududiy boshqarma mas’ul xodimlari hamda 34 nafar professional ta’lim muassasa o‘qituvchilari moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikka ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Ushbu loyihani o‘quv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hamda tegishli sertifikatga ega trenerlar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalarining 750 nafar tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilari Germaniya metodikalari asosida bosqichma-bosqich moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitiladi.
Shuningdek, ushbu loyiha doirasida tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv dasturlarinini Germaniya metodikalari asosida takomillashtiriladi.
Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida quyidagi masalalarni hal qilish rejalashtirilmoqda:
- professional ta’lim muassasalarida foydalaniladigan o‘quv dasturlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
- “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fanlari o‘qituvchilarni xorijiy tajribalar va metodlar asosida o‘qitish;
- “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani o‘qituvchilari malaka oshirish dasturlarini Germaniya tajribasi asosida takomillashtirish va Pedagogik innovatsiyalar instituti ta’lim jarayoniga joriy etish;
- o‘qituvchilarni tizimli ravishda biznes ko‘nikmalarning yangi modullari bilan malakasini oshirib borishni shu jumladan Germaniyada tashkil etish;
- o‘quvchilar uchun biznes yuritish bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqish va o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil qilish;
- “Biznes asoslari” va “Biznesni tashkil etish va yuritish” fani bo‘yicha takomillashtirilgan yangi materiallar bilan barcha professional ta’lim muassasalarini ta’minlash;
- tadbirkorlikka o‘qitishni o‘quvchilar uchun qiziqarli va biznes simulyatsiyaga asoslangan metodikkalar orqali tashkil etish;
- tadbirkorlikka o‘qitishda bank va professional ta’lim muassasasi hamkorligi yo‘lga qo‘yish;
- loyiha doirasida tegishli dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga sertifikat berish va ularni shu asosidan bankdan kredit olishini tashkil qilish;
- Germaniya tajribasi asosida tayyorlangan o‘qituvchilar yordamida professional ta’lim muassasalarida aholi uchun tadbirkorlikka o‘rgatishga mo‘ljallangan qisqa muddatli pullik kurslarni tashkil etish.
Ma’lumot o‘rnida: “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti Germaniyaning barcha omonat kassalarining (“Sparkassen”) rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi fond hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy vazifasi – muvaffaqiyatli “Sparkassen” modelini butun dunyo va turli mintaqalarda tarqatishdan iborat o‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan mehnat bozorlarida aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish orqali fond ularni qashshoqlikdan yaxshiroq darajaga olib chiqish uchun imkoniyatlar yaratishga intiladi.
200 yildan ziyod vaqt mobaynida “German Sparkassenstiftung” aholining barcha guruhlarini moliyaviy jalb qilish, agar u samarali va professional tarzda tashkil etilsa, muvaffaqiyatli va barqaror ravishda amalga oshirilishi mumkinligini aniq ko‘rsatib bermoqda. “German Sparkassenstiftung” ushbu asosiy muvaffaqiyat omillarini loyihalar amalga oshirilayotgan tegishli mamlakatlardagi sheriklariga o‘tkazadi. Shu vaqt ichida “German Sparkassenstiftung” jamg‘armasi dunyoning 80 mamlakatida 200 dan ortiq uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirdi.