Yangiliklar

750 nafar o‘qituvchini germaniya metodikasi bo‘yicha o‘qitishga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotlari bilan birgalikda “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchi hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning birinchi bosqichi o‘z ishini boshladi. 5-martga qadar loyiha doirasida 34 nafar professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda 14 nafar hududiy boshqarma xodimlari germaniyalik ekspertlar tomonidan o‘qitilib, ularga metodik qo‘llanmalar beriladi.

O‘quv mashg‘ulotlari vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv xonalarida olib borilmoqda.

Joriy yil davomida 750 nafardan ortiq professional ta’lim muassasalarining tadbirkorlik yo‘nalishida dars beradigan o‘qituvchilarni Germaniya metodikasi asosida o‘qitish belgilangan.

Manba: edu.uz

220