Yangiliklar

GIZ “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llabquvvatlash” loyihasi bag‘ishlangan uchrashuv

2023-yilning 21-fevral kuni Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida loyihaning ikkinchi komponenti — 6 ta kasb bo‘yicha kasbiy standartlar asosida ta’lim dasturlarini yaratish komponentini ishga tushirilishiga bag‘ishlangan workshop tashkil etildi.

Ushbu tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad — hamkor tashkilot vakillari hamda loyiha ishtirokchilari bilan O‘zbekistonda professional standartlarni ta’lim dasturlariga tadbiq etish yo‘llari haqida yanada chuqurroq tushunchaga ega bo'lish, Workshop davomida loyihaning birinchi komponenti doirasida ishlab chiqilgan 6 ta kasb bo‘yicha professional standartlar asosida ta’lim dasturlari va o‘quv rejalarini ishlab chiqish/yangilash bo‘yicha ishchi guruhlar shakllantirildi. Shuningdek, loyiha ikkinchi komponentini amalga oshirish uchun guruh a’zolari bilan birgalikda ish rejasi tuzildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Pedagogik innovatsiyalar instituti, To‘qimachilik korxonalarining kasbiy malaka bo‘yicha tarmoq kengashlari, ekspertlar va boshqa mahalliy muassasalar vakillari ishtirok etishdi.

O‘QUV DASTURLARINI YARATISH KOMPONENTINING ISHGA TUSHIRILISHI

2022-yilning sentabr oyida toʻqimachilik sanoati mehnat bozorida talab qilinadigan quyidagi 6 ta kasb uchun professional standartlarni ishlab chiqish boʻyicha birinchi komponent ishga tushirildi:

  • Tikuvchi;

  • Yigiruvchi;

  • Tikuvchilikda andozalar tayyorlovchi;

  • Elektron texnika asboblarini sozlovchi;

  • To‘qimachilik korxonalari qurilmalari montajchisi;

  • To‘qimachilik sohasida texnik-texnolog.

Ma’lumot uchun: Loyihaning ushbu komponentlari kasb-hunar taʼlimi va taʼlim tizimini modernizatsiya qilish orqali toʻqimachilik sanoatini Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng dinamik tarmoqlaridan biriga aylantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha, shuningdek, to‘qimachilik sanoatida yosh mutaxassislarni o‘qitish va shu orqali yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash va ularning kelgusi yillarda barqaror daromad olishiga hissa qo‘shadi.

210