TDIU huzuridagi texnikum Buyuk Britaniyaning Linkoln kolleji bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi va Buyuk Britaniyaning Linkoln kolleji o‘rtasida har tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayni paytda o‘zaro tajriba almashish va kelajakda istiqbolli dasturlarni amalga oshirish maqsadida texnikum vakillari Buyuk Britaniyaning Linkoln kollejida uchrashuvlar olib bormoqda.
Xususan, Britaniya Kengashining “British Council Going Global Partnership programme” dasturi doirasida SAR ta’lim sifatini nazorat qilish, qurilish, kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.