GIZ “TexVET” loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi
2023-yilning 16-fevral sanasida loyiha maqsadlariga erishish istiqbollarini muhokama qilishga qaratilgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” GIZ loyihasi hamkorlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda loyihaning asosiy hamkorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti va boshqa tashkilotlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida ishtirokchikar loyihaning 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar bilan tanishtirildi. Hamkorlar rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o’z tavsiyalarini berdilar.