Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 17-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-gumanitar jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xususan, Afg‘onistonga chegaradosh bo‘lgan Termiz shahrida faoliyat yurituvchi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida hamda O‘zbekistonning boshqa ta’lim muassasalarida Afg‘on fuqarolarining tahsil olishlari uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Bu borada birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish bo‘yicha ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollariga to‘xtaldilar.

Manba: edu.uz

190