Yangiliklar

E’tirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-6097-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2023-yilning 13-yanvar kuni respublikamizda Germaniya, Turkiya, Rossiya va Fransiya kabi xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, magistrlari va talabalari ishtirokida “Xalqaro ilmiy forum” bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi shuki, Pedagogik innovatsiyalar instituti “Ta’limda boshqaruv” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raxmatullayeva Durdona Ravshanovna “Pedagogika  fanlari bo’yicha eng yaxshi maqola” nominatsiyasida g‘olib deb eʼtirof etildi hamda “Ilm-fan iftixori” ko‘krak nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi.

193