Yangiliklar

Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabiga xalqaro ekspertlar tashrif buyurdi

Joriy yilning 1-fevral kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyhasi doyirasida xalqaro ekspert Korneliya Shtaynigen, Yoaxim Lensninglar hamda O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo‘llab quvvatlash loyihasi moliya assistenti Sultonmurod Hamroyevlar kutib olindi.

Tashrif davomida mehmonlar kasb-hunar maktabi o‘quv jarayoni va ta’lim muassasasida tashkil etilgan Royal Garments MChJning tikuvchilik sohasi bo‘yicha ishlab chiqarish hamda milliy zardo‘zlik sohasida faoliyat yuritayotgan Hamroyeva Parvina oilaviy korxonasining zardo‘zlik mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tarmoqlari uchun kasbiy ta’lim nomli mintaqaviy loyihasi mehnat bozori ehtiyojlari bilan kasbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish, xalqaro standartlarga javob beradigan va Markaziy Osiyo mintaqasiga mos keladigan dual – ikki tomonlama kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash milliy tizimini joriy etish shuningdek, qishloq joylarida yengil sanoat va to‘qimachilik sohasida kasbiy ta’limni, sanoatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik dasturi doirasida Davlat organlari, biznes hamjamiyatlari (ishlab chiqaruvchilar) va professional ta’lim muassasalari hamkorligida professional ta’lim tizimi uchun kasbiy (professional) standartlar va boshqa me’yoriy-huquqiy bazalarni birgalikda ishlab chiqish, Vobkent tuman hokimligi vakillari, Vobkent tola klaster MCHJ, Vobkent G‘ayrat chodak MChJ vakillari hamda Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabi rahbariyati o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

2023/2024 o‘quv yilidan “Tikuvchi” va “To‘quvchi” kasblari bo‘yicha dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha “Vobkent tola klaster” MChJ, “G‘ayrat Chodak” MChJ, “Royal Garments” MChJlarda bilan amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari asosida Dual ta’lim asosida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

Tashrif davomida kasb-hunar maktabi hamda yengil sanoat va toʻqimachilik sohalarida dual taʼlimni tashkil etish boʻyicha hamkor korxonaning faoliyati, o‘quvchilarning egallayotgan malaka va ko‘nikmalari yuzasidan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kasb-hunar maktabi derktori O.Baqoyev tomonidan javob oldilar.

405