Yangiliklar

Farg‘ona viloyatidagi kasb-hunar maktablarida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan sheriklikda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ma’lumki, ayni paytda mamlakatimizda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan "O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash" loyihasiga ko‘ra o‘zaro hamkorlikda keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Loyiha doirasida xalqaro ekspert Yoaxim Lenspnk (Yoaxim Lensnpnq) Farg‘ona viloyatida bo‘lib, kasb-hunar maktablari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Marg‘ilon shahridagi 2-sonli kasb-hunar maktabida ustozlar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va o‘quvchilar bilan suhbatlashgan ekspert nazariy va amaliy bilimlarni yanada mustahkamlash borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

200