“Karyerani rivojlantirish kursi” o‘quv dasturining konsepsiyasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
2023-yil 23-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining professional ta’lim bo‘yicha ma’sullari va Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” notijorat tashkiloti vakillari tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati kasb-hunar maktabining tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilari uchun “Karyerani rivojlantirish kursi” o‘quv dasturining konsepsiyasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkurseminar Germaniyalik mutaxassis va xalqaro ekspert Doktor Pavel Utits tomonidan olib borilib, undaprofessional taʼlim oʻquvchilarida karyerani rivojlantirish kurslari, zamonaviy kasb turlari, rezume, CV va maʼlumotnomalarni yaratish, zamonaviy ish topishga moʻljallangan platformalarda shaxsiy profil ochish, individual tarzda boʻsh ish oʻrinlarini izlab topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va suhbat jarayonlarida ishtirok etish koʻnikmalarini shakllantirish yo‘llariva“Karyerani rivojlantirish kursi” o‘quvdasturinita’limjarayonigajoriyetishmasalalarimuhokamaqilindi.