Yangiliklar

Vazir: har qanday davlatning buguni va ertasini ilm-fan belgilaydi

Ayni paytda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tayanch doktorantlar (PhD) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining yakuniy suhbat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Unda ishtirok etgan vazir tanlovni oʻtkazish maqsadida tuzilgan yetakchi olim va mutaxassislardan iborat maxsus komissiya aʼzolari bilan uchrashib, tanlovning ahamiyati haqida soʻz yuritdi. Bu kabi tanlovlar shaffof va adolatli oʻtishi bilan namuna koʻrsatishi lozimligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng talabgorlar bilan boʻlgan uchrashuvda bugungi kunda ilm izlanuvchilari uchun davlat rahbari tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtalindi.

“Ilm-fan – har qanday davlatning buguni va ertasini belgilaydigan muhim sohalardan biri. Shunday ekan, bugun shu bosqichgacha yetib kelgan har bir yosh olim men uchun gʻolibdir”, – dedi vazir. 

Maʼlumot oʻrnida, maxsus tanlov komissiyasi 6 ta mezon asosida 42 nafar talabgor ichidan gʻoliblarni aniqlab beradi.

Manba: edu.uz

254