Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Odil Abdurahmanov boshchiligida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi.
Prezident maslahatchisi yangi vazirni qutlab, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yilda tizim oldiga katta vazifalar qoʻyilgani, jumladan taʼlim sifatini oshirish va bu orqali taʼlim maskanlari ilmiy salohiyatini koʻtarish, yuqori bilimli kadrlar tayyorlash, umuman tizimga zamonaviy yondashuvlarni olib kirish borasida katta masʼuliyat yuklatilganini taʼkidladi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashi, yoshlarning oliy taʼlim muassasalarida sifatli taʼlim olishlari yoʻlida bilim va tajribasini ishga solishi, yangi jamoa bilan vazifalarni sidqidildan, hamjihatlikda bajarishini qayd etdi.