Joriy yilning 26-30-dekabr kunlari respublikaning 8 ta hududida professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Unda professional ta’lim muassasalarining 1.5 mingga yaqin rahbar va pedagog kadrlari ishtirok etdi.
Seminarlar davomida ta’lim muassasasini pedagog kadrlar bilan ta’minlashdagi muammolar, o‘qituvchilar tomonidan yuritiladigan o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ixchamlashtirish, kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha eng namunali ta’lim muassasalarini aniqlash hamda o‘qituvchilar va ta’lim ustalarining “Mahorat darslari”ni o‘tkazish bo‘yicha tajrabalar almashilinib, metodik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishlar mazmun-mohiyati, unga asosan keyingi maqsadli rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Bu kabi seminarlar 2023-yilning 4-5-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.