Yangiliklar

Professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv amaliyotlarining ahamiyati

Pop tuman 1-son kasb-hunar maktabida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Namangan viloyatidagi professional ta’lim muassasalarining direktorlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘quvchilar ishtirokida “Professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv amaliyotlarining ahamiyati” mavzusida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminar ishtirokchilari ta’lim muassasasi o‘quv-ustaxonalarida “Payvandlоvchi” kasbi bo‘yicha “Qirrali V simon shaklda tayyorlangan metall plastinalarni uchma-uch payvandlash”, “Avtomobillarni ta‘mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtomobil shinalariga texnik xizmat ko‘rsatish”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Tuproqqa ishlov berish agregatlarining ishchi organlarini o‘rnatish va rostlash”, “Oshpaz-qandolatchi” kasbi bo‘yicha “Qumoq pecheniy va qumoq kekslarni tayyorlash” mavzularida, o‘quv-tajriba va chorvachilik xo‘jaligida “Chorvador” kasbi bo‘yicha “Qoramol tanasini o‘lchab, tirik vaznini aniqlash”, “Traktorchi-mashinist” kasbi bo‘yicha “Kuzgi shudgorlash ishlari”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” kasbi bo‘yicha “Avtodromda o‘quv avtomobillarini yakka tartibda amaliy boshqarish” mavzularida ochiq o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishishdi.

Seminar yakunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati boshlig‘i o‘rinbosari U.Eshanqulov professional ta’lim muassasalarida o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarining sifat va samaradorligini oshirish borasida amalga oshiradigan ishlar to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

254