“Professional taʼlim inson kapitalini shakllantirish asosi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi
“Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv-me’yoriy asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyihasi doirasida joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent shahrining City Palace Tashkent mehmonxonasida “Professional taʼlim inson kapitalini shakllantirish asosi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Forumda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari S.Siddiqova, Dual ta’limni tashkil etish va moddiy-texnik bazani takomillashtirish boshqarmasi Sh.Urunbayev, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari A.Jalolov, Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori Z.Xudayberdiyev, O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi raisi F.Rashidova vaxalqaro tashkilot ekspertlari hamda 120 nafar professional ta’lim muassasalari pedagoglari ishtirok etdi.
Forumda GIZ, Mahorat va Menedjment xalqaro eksppertlar-Webster va Westmisnter Universitetlaridan professorlar ham ishtrok etdi.
Forumda 10 kasb standarti, 10 ta’lim standarti, 2 ta metodik qo‘llanma va 1 ta dual ta’lim platformasining taqdimot bo‘lib o‘tdi.