Pedagogik innovasiyalar institutida “Professional ta’lim tizimini uch tomonlama baholash” mavzusida seminar tashkil etildi
VET4UZ loyihasi doirasida 2022 yil 30 noyabr kuni Pedagogik innovasiyalar institutida “Professional ta’lim tizimini uch tomonlama baholash” mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda bir qator vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, pilot professional ta’lim muassasalari, professional uyushmalar vakillari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishitrokchilar uchun pedagoglarning professional kompetensilarini rivojlantirish bo‘yicha Yevropa davlatlari tajribasi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Loyiha tomonidan professional ta’lim rahbar va pedagog kadrlarining qo‘shimcha kasbiy rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojlari bo‘yicha va o‘quvchi va bitiruvchilarining professional ta’lim sifati bilan qoniqishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekiston Otelyerlar uyushmasi tomonidan ish beruvchilarning professional ta’lim bitiruvchilari va ta’lim sifati bilan qoniqishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtirildilar. Tadqiqot natijalari bo‘yicha mehnat bozori talablariga mos ravishda professional ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Seminar dasturida professional ta’limdagi yangi yo‘nalishlar, jumladan, “yashil” ko‘nikmalar, raqamlashtirish va boshqa XXI asr kasblariga alohida e’tibor berildi.