Ikki oyda qo‘shimcha 100 mingdan ortiq yangi o‘quv adabiyotlar professional ta’lim muassasalariga yetkazildi
Professional ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilar, olimlar va soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangi o‘quv adabiyotlarni nashr etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022/2023 o‘quv yilining o‘tgan ikki oyi davomida qo‘shimcha 40 nomdagi 108 ming 423 nusxada yangi o‘quv adabiyotlar professional ta’lim muassasalariga yetkazildi. Natijada jami hozirda 105 nomda249 858 nusxadagi yangi o‘quv adabiyotlardan ta’lim jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar yana 38 nomdagi29 874nusxada o‘quv adabiyotlarni chop etish ishlari yakunlanib, professional ta’lim muassasalariga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi uchun Germaniyada tayyorlangan o‘zbek tilida 1 300 dona «Fermer boshlang‘ich bosqich» hamda 300 dona«Fermer ixtisoslik bosqichi» nomli amaliy o‘quv qo‘llanmalari tegishli ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.
Texnologik yangilanishlarni hisobga olgan holda 381 nomda maxsus fanlar bo‘yicha o‘qitish materiallari to‘plami edu.profedu.uz elektron platformasiga joylashtirildi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan texnikumlarga 9 192 nomda 122 ming nusxadagi o‘quv-metodik materiallari hamda 103 ming nomda elektron resurslarini ta’lim jarayonida foydalanish uchun topshirdi.
Professional ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari va homiylik mablag‘lari hisobidan 10 736nomda47 965dona badiiy, ijtimoy, siyosiy va ilmiy hamda 5 367nomda58 904dona soha yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlar sotib olingan.