Pedagogik innovatsiyalar instituti xodimlari “Yashil iqtisodiyot sohasida mutaxassislarni tayyorlash” seminarida ishtirok etishdi
Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) Filiali tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” Grant shartnomasining loyihasi doirasida Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida “Yashil iqtisodiyot sohasida mutaxassislarni tayyorlash” bo‘yicha 2022 yilning 24-26-noyabr kunlari seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda “Yashil iqtisodiyot” bilan bog‘liq asosiy atama, tushunchalar, “Yashil iqtisodiyot” sohasidagi xalqaro tendensiyalar, “Yashil iqtisodiyot”ni barpo etish va barqaror rivojlanish bo‘yicha O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, “Yashil ko‘nikmalar”ni rivojlantirish usullarini bilishi va qo‘llay olish, “Yashil iqtisodiyot uchun mutaxassislar tayyorlash” malaka oshirish kursini ishlab chiqishda “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ma’lumotlar berildi.