Yangiliklar

Professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga О‘zbekiston Milliy kutubxonasining milliy bazasidan tо‘liq foydalanish imkoniyati yaratildi

Professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-о‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar va tinglovchilarni professional ta’limni rivojlantirishdagi izlanish, ilmiy faoliyatlarini olib borish va ijodiy faoliyatlarida foydalanishlariga qulaylik yaratish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasining milliy bazasidan doimiy ravishda onlayn platformasiga quyidagi havolalar (http://old.natlib.uz:8101/e-library) orqali kirib, Milliy kutubxonaning (press.natlib.uz, diss.natlib.uz, nodir.natlib.uz, qr.natlib.uz, media.natlib.uz) bazalarining imkoniyatlaridan tо‘liq foydalanishingiz mumkin.

Shu bilan birga, eng ilg‘or xorijiy ilmiy-ta’limiy (search.ebscohost.com, proquest.com) bazalar, shu bilan birga EIFL (Electronic Information for Libraries) xalqaro konsorsiumining litsenziyali dasturi orqali e-Duke lournals Scholarly Collection, Bookshare, Mathematical Sciences Publishers journals kabi bazalardan (elektron bazalar haqidagi ma’lumotlar ilovada keltiriladi) foydalanish imkoniyati ham qo‘shimcha tarzda yaratildi.

O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi ma’lumotlar bazalari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ilmiy-ta’limiy, ilmiy-ma’rifiy sohalardagi milliy va xorijiy elektron bazalarda mavjud axborot-kutubxona resurslaridan doimiy ravishda onlayn foydalanishlari uchun yagona elektron kutubxona bazalariga kirishni ta’minlovchi veb-platformaning asosiy sahifasi.

O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi malumotlar bazalari

Bu yerda:

1. Milliy kutubxonaning rasmiy veb-portali – natlib.uz 21 ta axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini birlashtirgan bazada 300000 dan ortiq elektron resurslar mavjud.

2. Ilmiy ishlar ma’lumotlar bazasi portali – diss.natlib.uz bazasining 29 000 dan ortiq elektron resurslariga kirish imkoniyati mavjud. (Eslatma: bu bazada dissertatsiyalarning faqat 15 % qismidan foydalanish mumkin).

3. Milliy kutubxonaning media portal – media.natlib.uz bazasining video – 158 ta, audiokiloblar – 600 dan ortiq audio va video materiallarini ko‘rish va yuklab olish imkoniyati mavjud.

4. Vaqtli matbuot nashrlari portali – press.natlib.uz bazasining 1935-2021-yillar oralig‘ida 64 nomdagi 66 161 ta gazeta va jurnallarni elektron shaklda o‘qish imkoniyati mavjud.

5. Nodir va qo‘lyozma asarlarning ma’lumotlar bazasi – nodir.natlib.uz bazasining turli tillarda 2276 ta kitob, 122 ta qo‘lyozma, 24 ta albom va 2775 ta davriy nashrlarning 15 % qismini onlayn o‘qish imkoniyati mavjud.

6. QR-kodli kitoblarning ma’lumotlar bazasi – qr.natlib.uz bazasining 600 dan ortiq kitoblarning elektron fayllarini QR-kod orqali onlayn o‘qish hamda yuklab olish imkoniyati mavjud.

Media qismidagi video qo‘llanmalar

Ushbu qismda mavjud elektron bazalardan qanday foydalanish, natlib.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish hamda qanday qilib qidiruvni amalga oshirish to‘g‘risidagi video qo‘llanmalar veb-platformaning asosiy sahifasida joylashtirilgan.

e-Duke Journals Scholarly Collection – gumanitar, ijtimoiy va aniq fanlar bo‘yicha 50 nomdagi jurnaliaming onlayn to‘plamidir.

Bookshare – dunyodagi eng katta elektron kitoblarning onlayn kutubxonasi. Onlayn kutubxona Kaliforniyaning “Benetech” ijtimoiy korxona tashkiloti tashabbusi bilan 2001-yilda Jim Fruchterman tomonidan tashkil etilgan. Elektron kitoblar EPUB, PDF, DAISY (Digital Accessible Information System) va imkoniyati cheklanganlar uchun Brayl formatda mavjud. EIFL hamkor mamlakatlardagi foydalanuvchilar uchun 420 000 nomdagi elektron kitoblarni taqdim etadi.

Mathematical Sciences Publishers Journals – matematika sohasini qamrab oladigan eng yuqori sifatli ilmiy va tadqiqot nashrlarini elektron bazasi hisoblanadi. Elektron baza matematika sohasiga oid 17 nomdagi jurnallarni taqdim etadi.

255