Yangiliklar

O‘zbekistonda Germaniya ish beruvchisi bilan yoshlarni dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish masalalari muhokama qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligida vazirning professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sadoqat Siddiqova rahbarligida Germaniyaning GP Guenter Papenburg AG kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Angela Papenburg bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama professional ta’lim sohasida kadrlar tayyorlashda Germaniya tajribasini joriy etish hamda dual ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlanadigan texnikum tashkil etish borasida o‘zaro fikr almashildi.

Kompaniya boshqaruv kengashi a’zosi Angela Papenburg hamkorlikda texnikum tashkil etish, asosan qurilish va mashinasozlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlash hamda bitiruvchilarni mazkur kompaniyada ish bilan ta’minlash rejalashtirilayotganligini bildirdi.

Uchrashuv o‘quv laboratoriya va ustaxonalar zamon talablari asosida jihozlanishi, ta’lim dasturlarini Germaniyadagi ish beruvchilar talabi asosida ishlab chiqish, pedagogik kadrlar malakasini oshirish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Angela Papenburg tez orada O‘zbekistonga kompaniyaning ta’lim sohasiga mas’ul bo‘lgan mutaxassilari bilan tashrif buyurishi va texnikumni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni tezlashtirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taklif etilayotan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Manba: edu.uz

183