Shveysariya Federal Universiteti xalqaro eksperti Emanuel Vutrix “Vaziyatli ta’lim metodikasi” mavzusida trening о‘tkazdi
2022 yil 15-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida VET4UZ loyihasi doirasida Professional ta’lim bо‘yicha Shveysariya Federal Universiteti xalqaro eksperti Emanuel Vutrix (Emanuel Wüthrich) tomonidan “Vaziyatli ta’lim metodikasi” mavzusida trening о‘tkazildi.
Trening dasturi о‘z ichiga Shveysariyaning professional ta’lim tizimi, о‘qitish sifatini ta’minlash va uning metodikalari, jamoada ishlashda pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish konsepsiyalari, vaziyatli ta’lim didaktikasi, zamonaviy professional ta’lim tizimi pedagog xodimining qiyofasi va ta’lim sifatini ta’minlashning asosiy tamoyillari kabi mavzular qamrab olgan.
Mazkur treningda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar instituti professor-xodimlari D.Raxmatullayeva, G.Qodirova, A.Axunjanov, M.Adxamova va N.Roziqovalar shuningdek, Jizzax, Buxoro va Toshkent viloyati turizm kollej va texnikumlarida faoliyat yuritayotgan о‘qituvchilar, ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etib, professional ta’lim tizimida vaziyatli ta’lim metodikasi bо‘yicha kompetensiyalarga ega bо‘ldilar.