Yangiliklar

Ishtirokchilarga “KNAUF” kompaniyasining sertifikatlari topshirildi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Jizzax arxitektura va qurilish texnikumida “KNAUF” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “KNAUF RESURS MARKAZI”da kadrlarni xalqaro darajada kasblarga tayyorlashda O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga WORLD SKILLS standartlari asosida “Quruq qurilish va pardozlash ishlari” kasbi bo‘yicha kasbiy standart, malaka talab, namunaviy o‘quv reja va dasturi hamda baholash tartiblari amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Professional taʼlimni oʼquv-metodik taʼminlash” bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Maksudova va “KNAUF” kompaniyasining O‘zbekistondagi Axborot-ma’lumot va texnika markazi boshlig‘i Sh.Kamilovlar ishtirok etdi.

KNAUF RESURS MARKAZI”da “Quruq qurilish va pardozlash ishlari” kasbi bo‘yicha tahsil olgan 25 nafar ishtirokchi “KNAUF” kompaniyasining sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

276